uz en ru

Тавсифлар

«Kasaba sayr» ШК билан ҳамкорликдан хурсандман. Поликлиника касаба уюшма ташкилоти билан бирга жорий йилда 40 нафар ходимларимиз Самар­қанд шаҳрида бўлиб қайтишди. Шу ўринда бир таклиф киритмоқчи эдим. Мамлакатимиз сайёҳлик кўлами ва тарихий обидаларининг кўплиги жиҳатдан дунёда олдинги ўринлардан бирида туради. Самарқанд, Хива, Бухоро шаҳарлари билан ҳар қанча фахр­лансак арзийди. Лекин биз билмаган бошқа тарихий обидалар ҳам анчагина. Ниятим, «Kasaba sayr» ШК ташкилоти ёрдамида ўша жойларга ҳам саёҳат уюштирилса, айни муддао бўларди.

Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи

"Каsaba sayr" шўъба корхонаси ёрдами билан 18-21 май кунлари "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиалида самарали фаолият юритаётган 27 нафар ишчи-ходимларимиз учун афсонавий Хива шаҳрига саёҳат уюштирилди. Саёҳатни ташкиллаштиришда ҳеч қандай муаммолар бўлмади. Жамоамиз номидан "Kasaba sayr" ШКга ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз. Шу ўринда алоҳида, Т.Хидировга, Илхомжонга, Хива шахрида бизни кутиб олишдан-жўнатишгача ёнма-ён юриб, ташкилий ишларни елиб-югуриб бажарган Раззакова Дилдорахонга, гид қизимиз Усманова Назокатхонга, "Шамс Хива" меҳмонхонаси ходимларига каттадан-катта рахматлар айтиб қоламиз. Бундан кейин ҳам ўзимизнинг туристик компаниямиз билан ҳамкорликда Республикамизнинг диққатга сазовор жойларига саёҳатлар ташкил этамиз деган умидда, ишларига ривож тилаймиз.

Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси

ZO'R MA'LUMOTLAR, HAMMASI QIZIQARLI RAHMAT KATTAKON

JUMAGUL

Янгиликларга Обуна

Информерлар

Система Orphus

Хуш келибсиз!

“Kasaba sayr” туристик корхонаси Сиз ва Сизнинг ходимларингизга узоқ вақт орзу қилган шаҳар ёки давлатларингиз бўйлаб энг арзон нарҳларда мароқли дам олиш ҳамда қулай бўлган вақтда айнан Сизлар учун ёқимли саёҳат турларини таклиф этади.

Биз, касаба уюшмаларига ишонган ва унинг ҳаракатларини қўллаб-қувватлаган 6 000 000 нафардан кўпроқ меҳнаткашлар аудиториясига эгамиз!

Буюк инглиз шоири Марк Твен вақт ўтгани сари ҳаётда биз икки нарсани афсус билан ёд этамиз деб ёзади, булар: ҳаётимизни жуда кам севганимиз ва жуда кам саёҳат қилганмиздир. “Kasaba sayr” туристик корхонаси билан Сиз бундай афсусларга батамом барҳам берасиз, зеро бизнинг шиоримиз: «Саёҳат қилинг, севинг, ҳаётнинг ҳар лаҳзасидан роҳатланинг!»

2016 йил давомида “Kasaba sayr” шўъба корхонаси томонидан жами 790 дан ортиқ ташкилотдан (ўқитувчилар, тиббиёт, алоқа, банк, ишлаб чиқариш, транспорт, савдо, хизмат кўрсатиш, қурулиш соҳаси ходимлари ва бошқалар) 8 100 нафардан кўпроқ туристлар саёҳатлари (Тошкент, Самарканд, Бухоро, Хива, Шаҳрисабз шаҳарларига) ташкил этилди.

“Kasaba sayr” шўъба корхонасининг кенг имкониятларидан фойдаланинг! Бизнинг асосий мақсадимиз Сизга ёқимли, сифатли ва хавфсиз саёҳатни ташкил этишдир!.

Инсонларга наф келтириш - бизнинг олий мақсадимиздир!

Янгиликлар Барча янгиликлар

Chechenistonda O‘zbekiston ziyorat turizmining salohiyati namoyish etildi
03
05/21

Chechenistonda O‘zbekiston ziyorat turizmining salohiyati namoyish etildi

 

Chechenistonda O‘zbekiston ziyorat turizmining salohiyati namoyish etildi

 

Rossiya Federatsiyasining Checheniston Respublikasida O‘zbekistonning ziyorat turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi. Shu bilan birga, tadbir doirasida ikki tomon turoperatorlari o‘rtasida B2B uchrashuvlar o‘tkazildi. Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov topshirig‘i bilan o‘tkazilayotgan bu tadbirlar chechenistonliklarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Grozniy shahrida o‘tgan O‘zbekistonning ziyorat turizm taqdimot marosimini Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi O‘tkir Saidov ochib berdi hamda yig‘ilganlarga so‘nggi yillarda mamlakatimizda turizm sohasi rivojiga qaratilayotgan yuksak e’tibor va islohotlar haqida so‘zladi va barchani O‘zbekistonga sayohat qilishga chorladi.
Shundan so‘ng Checheniston Respublikasi Hukumat raisi o‘rinbosari Djanbulat Umarov ikki mamlakat rahbarlari olib borayotgan oqilona siyosat va mamlakatlararo do‘stona aloqalarni e’tirof etdi. “Ulkan faxr bilan sizlarga Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Ahmadovich Qodirovning salomini va iliq tilaklarini yetkazishdan mamnunman. Biz sizlar bilan buyuk Islom sivilizatsiyasi izdoshlari hisoblanamiz. Jahon tarixiga nazar tashlasak, aynan o‘zbek xalqi o‘zining olimu allomalari, me’morlari, mutafakkirlari va shoirlari, tabiblari bilan buyuk islom sivilizatsiyasiga asos solganlardan biri bo‘lgan. Sizni qardosh xalqqa do‘stlik va hamkorlik maqsadida yo‘llagan Prezidentingizga katta rahmat”, - dedi u.
Bundan tashqari, tadbirda Checheniston Respublikasi Turizm vaziri Muslim Baytaziyev ham so‘zga chiqdi: “O‘zbek xalqi bilan uzoq tarix bizni bog‘lashi bizni juda quvontiradi. Yaqin yillardagina turizmni rivojlantira boshlagan respublika sifatida O‘zbekistonning bu boradagi tajribasini o‘rganish va o‘zlashtirish biz uchun juda muhim”.

Shuningdek, vazir O‘zbekiston va Checheniston turoperatorlari B2B formatida uchrashuvlar doirasida yangi turistik yo‘nalishlar va turmahsulotlar ishlab chiqish, o‘zaro manfaatlik hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga kelishib olishganini qo‘shimcha qildi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan ziyorat turizm taqdimoti hamda taniqli hattot Habibulloh Solih tomonidan namoyish etilgan mahorat darsi yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Bundan tashqari, Grozniy markazida chechenistonliklar uchun o‘zbek xalqining gastronomik boyligi hisoblangan palov tayyorlanib, o‘zbekona dasturxon yozildi. Tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi va ular bu kabi targ‘ibot tadbirlarini tizimli ravishda o‘tkazish istagini bildirishdi. Qayd etish lozimki, Checheniston Respublikasiga tashrif buyurgan delegatsiya tarkibidan O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston musulmonlar idorasi, Xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston oshpazlar uyushmasi vakillari o‘rin oldi.

Indoneziya televideniyesi orqali Samarqandning turistik salohiyati hikoya qilinadi
03
05/21

Indoneziya televideniyesi orqali Samarqandning turistik salohiyati hikoya qilinadi

Indoneziya televideniyesi orqali Samarqandning turistik salohiyati hikoya qilinadi

 

Indoneziyaning «Clickpict Indonesia ltd» mediakompaniyasining ijodiy jamoasi muqaddas Ramazon oyida, ya’ni joriy yilning 20-23-aprel kunlari Samarqand shahrida suratga olish ishlarini amalga oshirishadi.

Ziyorat turizmining noyob, diqqatga sazovor joylari indoneziyalik reportyer va blogerlarining qiziqish obyektiga aylandi. Asosiy suratga olish ishlari -  Registon maydoni, imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasidagi Amir Temur maqbarasi, «Konigil» sayyohlik qishlog‘i, Shohi Zinda majmuasi, Doniyor payg‘ambar maqbarasi va boshqa joylarda olib boriladi.  

Ko‘hna shaharning me’moriy yodgorliklaridagi sharqona ruh va o‘ziga xos uslub, shuningdek, xalqimizning mehmonnavozligi indoneziyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Suratga olingan materiallar Indoneziyaning TVR1, Trans Tv, Trans7, Muslim TV, CNN, RR1 kabi 12 ta telekanalida namoyish etiladi.

Indoneziyalik ijodkorlar jamoasini Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligidan borgan delegatsiya va Samarqand shahri turizmni rivojlantirish departamenti vakillari kuzatib borishdi. Shuningdek, «Ipak yo‘li» xalqaro universiteti maydonida Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning indoneziyalik jurnalistlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. U xorijiy mehmonlarni qutlab, mamlakatimiz haqidagi teleloyihalarini amalga oshirishlarida ularga omad tiladi.  

Mazkur suratga olish ishlari Samarqand shahri turistik salohiyatining  Indoneziyada ommalashuviga, shuningdek, xorijda O‘zbekistonning ziyorat turizmi rivojlanishiga yordam berishiga ishonchimiz komil.

  •  
  •  
  •  
  •  
  •  
 

Фойдали ресурслар