”Samarqand” xalqaro aeroporti o'z faoliyatini tikladi
Samarqand shahridagi xalqaro aeroport mintaqaviy va xalqaro qatnovlarga xizmat ko‘rsatishni boshladi.
Bugungi kunda mazkur aerodromda uzunligi 3 105 metr va kengligi 60 metrlik uchish-qo‘nish yo‘lagi, samolyotlar uchun 24 ta turargoh, uchish yolakchasi va perron qurilishi to‘liq yakunlandi.
Shuningdek, majmua IKAO ikkinchi toifasiga mos keluvchi, zamonaviy, energiya tejovchi yorug‘lik signalizatsiya uskunalari va qo‘nish tizimi bilan jihozlangan. Sayyohlar va ziyoratchilarga yaratilgan bu kabi qulay shart-sharoitlar mamlakatimiz turistik jozibadorligi ortishiga olib keladi.
Maʼlumot uchun, “Samarqand” xalqaro aeroporti 20 oktyabr kuni yangi aerodrom majmuasi ishga tushirilishiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan yopilgan edi. Aviareyslar respublikaning boshqa – “Navoiy”, “Buxoro”, “Qarshi” xalqaro aeroportlariga vaqtincha yo‘naltirilib, yo‘lovchilar uchun Samarqandgacha yer usti qatnovi tashkil qilingan edi.
Undan tashqari, Samarqand viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi taqdim qilgan ma'lumotga ko'ra, 2022 yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilayotgan qator xalqaro tadbirlarga tayyorgarlik doirasida Samarqandda yangi Aerovokzal majmuasining qurilishi davom etmoqda.
Manba : https://uzbektourism.uz
Кўрилди 339
Тавсифлар
Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи
Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси
JUMAGUL