Indoneziya televideniyesi orqali Samarqandning turistik salohiyati hikoya qilinadi
Indoneziyaning «Clickpict Indonesia ltd» mediakompaniyasining ijodiy jamoasi muqaddas Ramazon oyida, ya’ni joriy yilning 20-23-aprel kunlari Samarqand shahrida suratga olish ishlarini amalga oshirishadi.
Ziyorat turizmining noyob, diqqatga sazovor joylari indoneziyalik reportyer va blogerlarining qiziqish obyektiga aylandi. Asosiy suratga olish ishlari - Registon maydoni, imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasidagi Amir Temur maqbarasi, «Konigil» sayyohlik qishlog‘i, Shohi Zinda majmuasi, Doniyor payg‘ambar maqbarasi va boshqa joylarda olib boriladi.
Ko‘hna shaharning me’moriy yodgorliklaridagi sharqona ruh va o‘ziga xos uslub, shuningdek, xalqimizning mehmonnavozligi indoneziyalik mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Suratga olingan materiallar Indoneziyaning TVR1, Trans Tv, Trans7, Muslim TV, CNN, RR1 kabi 12 ta telekanalida namoyish etiladi.
Indoneziyalik ijodkorlar jamoasini Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligidan borgan delegatsiya va Samarqand shahri turizmni rivojlantirish departamenti vakillari kuzatib borishdi. Shuningdek, «Ipak yo‘li» xalqaro universiteti maydonida Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning indoneziyalik jurnalistlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. U xorijiy mehmonlarni qutlab, mamlakatimiz haqidagi teleloyihalarini amalga oshirishlarida ularga omad tiladi.
Mazkur suratga olish ishlari Samarqand shahri turistik salohiyatining Indoneziyada ommalashuviga, shuningdek, xorijda O‘zbekistonning ziyorat turizmi rivojlanishiga yordam berishiga ishonchimiz komil.
Кўрилди 438
Тавсифлар
Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи
Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси
JUMAGUL