O‘zbekistondagi, ko‘pgina yo‘nalishlar bo‘yicha avia va temir yo‘l chiptalari soni ortadi, ularning narxi esa arzonlashadi
Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish doirasida, O‘zbekistonda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha temir yo‘l reyslari yo‘lga qo‘yiladi: “Toshkent - Samarqand – Toshkent” (Afrosiyob tezyurar poezdi), “Andijon - Nukus – Andijon”, “Termiz - Xiva – Termiz” , “Andijon - Xiva – Andijon”, shuningdek, “Farg‘ona - Urganch – Farg‘ona”, “Termiz - Urganch – Termiz” va “Qarshi - Urganch – Qarshi” yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar narxi pasayadi.
Bu to‘g‘risida, Prezidentning yangi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi farmonidan ma’lum bo‘ldi.
Hujjatga ko‘ra, yaqin kunlarda sayyohlarning Toshkentdan Buxoro, Nukus, Termiz, Urganch, Farg‘ona vodiysi va boshqa yo‘nalishlarda sayohat qilish xarajatlarining bir qismini subsidiyalash tartibi ishlab chiqiladi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ma’lumot berishicha, 2021-yil 16- fevraldan boshlab “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo‘lovchi poezdi Namangan orqali harakatlanadi. Har bir yo‘nalishda haftasiga ikki marta poyezdlar qatnaydi. Xususan, “Toshkent - Namangan – Andijon” poyezdi seshanba va juma kunlari, “Andijon - Namangan – Toshkent” poyezdi esa, chorshanba va shanba kunlari qatnaydi.
Bunda, subsidiya mexanizmidan foydalangan holdagi havo va temir yo‘l aloqalarining ro‘yxati doimiy tarzda ortib boradi. Yangiliklarimizni kuzatib boring.
Кўрилди 473
Тавсифлар
Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи
Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси
JUMAGUL