uz en ru

Тавсифлар

«Kasaba sayr» ШК билан ҳамкорликдан хурсандман. Поликлиника касаба уюшма ташкилоти билан бирга жорий йилда 40 нафар ходимларимиз Самар­қанд шаҳрида бўлиб қайтишди. Шу ўринда бир таклиф киритмоқчи эдим. Мамлакатимиз сайёҳлик кўлами ва тарихий обидаларининг кўплиги жиҳатдан дунёда олдинги ўринлардан бирида туради. Самарқанд, Хива, Бухоро шаҳарлари билан ҳар қанча фахр­лансак арзийди. Лекин биз билмаган бошқа тарихий обидалар ҳам анчагина. Ниятим, «Kasaba sayr» ШК ташкилоти ёрдамида ўша жойларга ҳам саёҳат уюштирилса, айни муддао бўларди.

Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи

"Каsaba sayr" шўъба корхонаси ёрдами билан 18-21 май кунлари "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиалида самарали фаолият юритаётган 27 нафар ишчи-ходимларимиз учун афсонавий Хива шаҳрига саёҳат уюштирилди. Саёҳатни ташкиллаштиришда ҳеч қандай муаммолар бўлмади. Жамоамиз номидан "Kasaba sayr" ШКга ўз миннатдорчилигимизни билдирамиз. Шу ўринда алоҳида, Т.Хидировга, Илхомжонга, Хива шахрида бизни кутиб олишдан-жўнатишгача ёнма-ён юриб, ташкилий ишларни елиб-югуриб бажарган Раззакова Дилдорахонга, гид қизимиз Усманова Назокатхонга, "Шамс Хива" меҳмонхонаси ходимларига каттадан-катта рахматлар айтиб қоламиз. Бундан кейин ҳам ўзимизнинг туристик компаниямиз билан ҳамкорликда Республикамизнинг диққатга сазовор жойларига саёҳатлар ташкил этамиз деган умидда, ишларига ривож тилаймиз.

Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси

ZO'R MA'LUMOTLAR, HAMMASI QIZIQARLI RAHMAT KATTAKON

JUMAGUL

Янгиликларга Обуна

Информерлар

Система Orphus

The Times gazetasi: O‘zbekistondagi ajoyib sayohat

Бош сахифа - Янгиликлар - The Times gazetasi: O‘zbekistondagi ajoyib sayohat

Prezidentimizning 02.12.2016 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi sayyohlik industriyasining jadal rivojlanishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” №UP-4861-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchixonasi va Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizning sayyohlik salohiyatini targ‘ib qilishda “World Travel Market” kabi muhim tadbirlar doirasida O‘zbekistonning ommaviy axborot vositalari vakillari uchun matbuot turlarini, shuningdek, ikki mamlakat sayyohlik operatorlarining taqdimotlari va B2B uchrashuvlarini tashkil etish bo‘yicha faol hamkorlik ishlari olib borishmoqda. Yaqinda Britaniyaning nufuzli The Times gazetasida “Book now! Where to go in 2018” maqolasi chop etildi.

O‘zbekiston obro‘li nashr tomonidan 2018 yilda safar qilish tavsiya etiladigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan. O‘zbekiston bilan bir qatorda, ro‘yxatda ingliz sayyohlari uchun an’anaviy joylar Yaponiya, Turkiya, Avstraliya, AQSh, Seyshel orollari va boshqa shu kabi mamlakatlar mavjud.

Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonga tashrif – bu “ajoyib sarguzasht” bo‘lib, 2017 yilda ingliz sayyohlik kompaniyasi Translndus tomonidan mamlakatimizga 15 kunlik sayohatning muvaffaqiyatli amalga oshirilgani bunga misol bo‘ladi. Maqolada sayyohlik yo‘nalishning o‘sayotganligini tasdig‘i sifatida “2018 yil O‘zbekistonda ushbu turistik sayohatlarning to‘liq dasturi juda tez sotiladi” deb xabar bermoqda. Translndus O‘zbekistonning madaniy va tarixiy merosini ommaviylashtirish va sayyohlik salohiyatni ommalashtirish bo‘yicha axborotni targ‘ib qilishda elchixona bilan faol hamkorlik qiladigan ko‘plab ingliz sayyohlik agentliklaridan biri ekanligini ta’kidlash lozim.

Maqolaning to‘liq matni bilan ushbu link orqali tanishishingiz mumkin:https://www.thetimes.co.uk/article/book-now-where-to-go-in-2018-dhvx3vmzj.

Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Matbuot xizmati

 

Uzbektourism.uz

қўшилган сана: 21-01-2018
Кўрилди 1115