“O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani
Joriy yilning 15 yanvar kuni O‘zbekiston Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan “O‘zbekistonda turizmni rivojlantirish istiqbollari va uning mamlakat iqtisodiyotidagi ahamiyati” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan mahalliy va xorijiy mamlakatlarning jurnalistlari ishtirok etishdi.
Matbuot anjumanida O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.Abduhakimov tomonidan mamlakatimiz turizm salohiyatini tubdan yangilash, tizimda yagona davlat siyosatini amalga oshirish, tarixiy-madaniy merosni keng targ‘ib qilish, 2017 yilda mamlakatimizga kelgan xorijiy va mahalliy sayyohlar soni, 2018 yilda kutilayotgan natija, turizmni rivojlantirish borasidagi huquqiy asoslar, xavfsiz turizm kontseptsiyasi va milliy turizm mahsulotlari va brendlarini xalqaro turizm bozoriga kirib borishini ta’minlash to‘g‘risida OAV vakillariga axborot berildi.
O‘tgan davr mobaynida turizm sohasining qonunchilik asosini mustahkamlash, sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishni takomillashtirish doirasida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi hamda 30 ta normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan 22 tasi qabul qilindi vahozirdaamalga oshirilmoqda.
2017 yilda respublikaga tashrif buyurgan sayyohlar soni 2 mln. 520 ming nafardan ortiqni tashkil etib, 2016 yilga nisbatan 24,3 foizga oshgan.
Shu bilan bir qatorda, hozirda turizm xizmatlari eksporti 2016 yilga nisbatan 24 foizga oshib 1 mlrd. 557 mln. AQSh doll.ni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2017 yil davomida jami 128 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari tashkil etilib, turoperatorlarning bugungi kundagi soni 561 tani tashkil qiladi.
Hozirda turoperatorlik va mehmonxona faoliyatini setifikatlashning tasdiqlangan yangi nizomi bo‘yicha o‘tgan davr mobaynida jami 442 ta turizm xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektlari, ya’ni 221 ta mehmonxona va 221 ta turoperatorlik xizmatlarini ko‘rsatuvchi subyektlar sertifikatlangan bo‘lsa, turizm faoliyati subyektlarini litsenziyalashning yangi nizomi asosida jami 128 ta tadbirkorlik subyektlariga turoperatorlik faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyalar taqdim qilindi.
Hozirgacha Turizm sohasidagi kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish Respublika markazi tomonidan 1060 nafar mutaxassis: 298 nafari qayta tayyorlandi, 292 nafari malakasi oshirildi, 470 nafari seminar va master-klasslarda ishtirok etishdi.
Hududiy dasturlarda belgilangan Buxoro va Samarqand shaharlarida “Qadimiy Buxoro” va “Samarqand Siti” turizm zonalarini tashkil qilish, umumiy hisobda 450 taga yaqin loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, 50 ta madaniy meros obyektlarini restavratsiya va konservatsiya qilish, 50 tadan ortiq mehmonxonalar qurish va qayta tiklash, 100 taga yaqin umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi obyektlarni barpo etish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Bundan tashqari, o‘tgan davr mobaynida jahon hamjamiyatini mamlakatimizning turizm salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish maqsadida 20 dan ortiq davlatning OAV vakillarining O‘zbekistonga tashriflari tashkillashtirilib, ularning tashriflari natijasida 1250 dan ortiq informatsion materiallar bosma va elektron OAV nashrlarida joylashtirildi. Bugunga qadar 920 dan ortiq xorijiy bosma va elektron OAV nashrlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, hozirda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining http://uzbektourism.uz/ veb-sayti hamda https://www.facebook.com/uzbektourism.uz ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali o‘zining internet foydalanuvchilariga doimiy tarzda ma’lumot bermoqda va targ‘ibot-tashviqot ishlarini amalga oshirmoqda.
Shu bilan bir qatorda, turizm sohasiga taalluqli bo‘lgan barcha masalalar bo‘yicha tezkor va aniq ma’lumot olish, turizm sohasi subyektlari va sayyohlar so‘rovlarini to‘laqonli qabul qilish maqsadida 2017 yil 4 dekabrida Qo‘mitaning uzluksiz 24 soat faoliyat yuritadigan “Call Center” (ma’lumot markazi) ishga tushirildi.
Turizmini rivojlantirish davlat qo‘mitasi
Uzbektoursim.uz
Кўрилди 8553
Тавсифлар
Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи
Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси
JUMAGUL