O‘zbekistonda Aydar ko‘l ekoturistik manzil sifatida
Mamlakatimiz va jahon hamjamiyati tomonidan bugungi kunda turizmga bo‘lgan e’tibor toboro ortib bormoqda. Turizmga faqatgina mamlakat iqtisodini oshiruvchi, aholini ish bilan ta’minlovchi soha sifatida emas, xalqlarni birlashtiruvchi, tinchlikni asrovchi va joylarda madaniy meros obyektlarini o‘rganuvchi, tabiatni himoya qiluvchi alohida yo‘nalish sifatida ham qaralmoqda. Bunga 2013 yil oktyabr oyida MDH mamlakatlari prezidentlari ishtirokida o‘tkazilgan Minsk sammitida 2014 yil turizm yili deb e’lon qilinishi misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin.
Shu o‘rinda Jizzax viloyatimizda ham turizmning ekoturizm yo‘nalishini rivojlantirish mumkin bo‘lgan tabiiy maskanlar ko‘p bo‘lib, ulardan biri Aydar ko‘l tabiiy maskani hisoblanadi.
Aydar ko‘l (Haydar ko‘li) – Nurota tizma tog‘larining shimoliy etagidagi ko‘l bo‘lib, shimoliy qirg‘oqlari Sharqiy Qizilqumga tutashadi. Jizzax va Navoiy viloyatlari hududida joylashgan. 1969 yilgacha Aydar botig‘ida mayda sho‘r ko‘llar va sho‘rlar keng tarqalgan edi. 1968-1969 yillarda yog‘ingarchilikning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi tufayli Sirdaryo oqimining bir qismi (qariyb 21 km) Chordara suv ombori va Arnasoy orqali Aydar botig‘iga oqizildi, chunki Orol dengiziga oqizish uchun shuncha suv Sirdaryo o‘zaniga sig‘mas edi. Aydar ko‘l shu tariqa tashkil topdi. Aydar ko‘lning tog‘ etagidagi janubiy qirg‘oqlari ancha tekis va suv osti yon bag‘irlari nisbatan tikroq, shimoliy qirg‘oqlari notekis va qiya, orol va yarim orollardan iborat. Aydar ko‘lning shimoliy qismi ancha sayoz, o‘rtacha chuqurligi 10-12 m, chuqur joylari 26-30 m, ayrim joylarda chuqurlik 40 metr gacha. Aydar ko‘l tor yo‘laklar orqali Tuzkon va Arnasoy ko‘llari bilan tutashgan. Aydar ko‘l Jizzax viloyatidagi Oqbuloq, Sangzor daryosining Qiyli tashlamasi, Chordara suv ombori va Arnasoyga quyilayotgan Markaziy Mirzacho‘l tashlamasi oqimi hisobiga to‘yinadi. 1994-1995 yillarda qish va bahorda Chordara suv omboridan katta hajmda suv kelishi natijasida Arnasoy, Tuzkon va Aydar ko‘llarining suv maydoni 184 mingdan 320 ming gektarga etdi. Uzunligi 159 km, eni 26 km. Suvining minerallashuv darajasi 1 l.da qariyb 12-15 g. va undan ortiq.
Barcha qulayliklarga ega maskanlar xorijiy va mahalliy sayyohlarga betakror tabiat maskani va millliy o‘tov kempinglarda yashash imkoniyatini bermoqda. Aydarko‘lda qayiqda sayr qilish, baliq ovlash va qushlarni kuzatish bilan bog‘liq mashg‘ulotlar yoki Qizilqum kengliklari bo‘ylab otda va tuyada sayr etish sayyohlarimizga bir umr esda qoladigan zavq baxsh etadi.
Yuqoridagilarni hisobga olsak, Aydar ko‘l ekoturizmni rivojlantirish, baliq ovlash, ovchilik turizmi va boshqa turizm sohalarini rivojlantirish uchun juda qulay ekoturistik maskandir.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati
Кўрилди 2326
Тавсифлар
Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи
Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси
JUMAGUL