Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasida shvedlarning “DANFO” kompaniyasi bilan muzokaralar olib borildi
2018 yilning 11 yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Davlat turizm qo‘mitasi raisi A.Abduxakimov bilan Shvetsiyaning “Danfo” (https://www.danfo.com/ru) kompaniyasi vakili A.Shalashinskiy o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi turli hududlarida hojatxonalar infrastrukturasini tashkil qilishning amaliy jihatlarini muhokama qilish edi. Yig‘ilish davomida kompaniyaga mamlakatning sayyohlik industriyasini rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan chora-tadbirlar, xususan, xorijiy mamlakatlardan sayyohlik oqimini ko‘paytirish bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tildi. Uchrashuvda mamlakat bo‘ylab zamonaviy hojatxonalar tarmog‘ini yaratish mamlakat sayyohlik obro‘sining muhim tarkibiy qismlaridan biri ekanligi ham alohida ta’kidlandi.
Shvetsiya kompaniyasi vakili “Danfo”ning avtomatlashtirilgan hojatxonalari afzalliklari, u uyali kabinalardan tortib, to‘liq jihozlangan, birinchi darajali dizayn, dush hamda juda ham qulay shart-sharoitlardan iborat funksiyalari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
“Danfo”, shuningdek, mijozga taqdim etilgan hojatxonalarga darhol to‘lamasliklari uchun uzoq muddatli lizing yoki ijara shartnomasini kiritish yoki uni boshqa tijoriy sxemalar (masalan, reklama maydoni) orqali moliyalashga imkon beruvchi moslashuvchan moliyalashtirish variantlarini ishlab chiqdi, bu esa mijozlarga hatto kichik byudjetlar evaziga yuqori sifatli hojatxonalardan foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Bundan tashqari, nogiron kishilarga bunday hojatxonalardan foydalanish uchun sharoit yaratish ham rejaga kiritilgan.
Shuningdek, Qo‘mita raisi O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan hojatxona materiallari va butlovchi qismlardan maksimal foydalanish kerakligini taklif etgan holda mahalliy bozorda xarajatlarni kamaytirish lozimligini aytib o‘tdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar avtomatlashtirilgan hojatxona loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishib olindi va “Danfo” kompaniyasi bilan hamkorlikda Respublikada boshqa turdagi hojatxonalarni ham ishlab chiqarish bo‘yicha fikrlar almashildi.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi Matbuot xizmati

Кўрилди 1050
Тавсифлар
Танзила Халилова — «Чилонзор Дента сервис» поликлиникаси кадрлар бўлими бошлиғи
Махмудова Назокат Нурмамедовна "Ўзбектелеком" АК Самарқанд филиали КУҚ раиси
JUMAGUL